Текст песни: Uzmir - Be mehr
Kaming bormi deb so'ra, hammasini aytaman
Zo'ring bormi deb so'ra, zorim bilan qaytaman
Man kibrga berilmadim, o'zimda bor hislatim
Etibor berma manga, balki shudir qismatim
Bazida do'stlar bilan, kam ko'rishib turardim
Yoshligim qaytib qolganda, bir bolani urardim
Bolalikda bo'lardi, Shoxruh ismli do'stim
Birga orzu qilardik, lekin, yolg'iz o'stim
Esimda oldinlari, yangi yilni kutardik
Mahalaga mahala, futboldayam yutardik
Hammasidan vaqt bugun, ayrib qo'ymoqdami
Do'stlarim qariyapmiz, ko'nglimiz to'lmoqdami
Ko'chalarda yurardik, qizlarga gaplar otib
Bugun ustidan qotib, ertaga birga yotib
Qanchalar ko'p xoxlasak, to'ymayapti nafsimiz
Kimgadir bo'lib aql, lekin asli aksimiz
Bevafo dunyo bemano hayot
Hali vaqtim bor, quraman hayot
Keladi hammasi, bir dunyo bo'lib
Umir o'tmoqda, qolmaylik so'nib
Bemano hayot, biz buni bildik
Necha qalblarini, barini tildik
Ko'chada zo'rlari, mehr topmagan
Biz o'sha bolalikda, yopinchig'in yopmagan
Barcha yozgan qo'shiqlarim, alamlardan iborat
Yoshim o'ttizga chiqib qurib qolarman imorat
Hatto do'stim kelmadi, eng og'ir kunlarimda
Menga dalda bo'ldi onam, shu bedor tunlarimda
Qaysi yo'ldan ketayapmiz, yoshimizga yosh qo'shib
Nima qildik shu yoshgacha, faqat aqlimiz o'sib
Harakatni to'xtatamiz, davomiga chidolmay
G'aflatlarga botib ketdik, yomon yo'ldan chiqolmay
Onam har kun aytardi, uyda uxlab yotmagin
Bemano narsalarga, butunlayin botmagin
Kelajagingni o'yla, bir joyingda qotmagin
Do'stlaringa sodiq bo'l, hech ulardi otmagin
Sevganim ham bor edi, endi menga begona
Sandan keyin boshqasi, u ham bitta devona
Manga vada berardi, qasamlar bilan yana
Qarshingizda siz tanigan, o'sha UZMIR man yana
Bevafo dunyo, bemano hayot
Hali vaqtim bor, quraman hayot
Keladi hammasi, bir dunyo bo'lib
Umir o'tmoqda, qolmaylik so'nib
Bemano hayot, biz buni bildik
Necha qalblarini, barini tildik
Ko'chada zo'rlari, mehr topmagan
Biz o'sha bolalikdan, yopinchig'in yopmagan
Qo'shiqlarim yozilardi, tunda lekin har kuni
Harakatdan to'xtayapmiz, nega bilmadim shuni
Oldinlari hayot bizga, zerikarli emasdi
Onamizdi aldashimiz, hayolga ham kemasdi
Nega endi xaromdan, topayapmiz boyliklar
Halolidan qismasin, yetyaptiku oyliklar
Onajoning sen bilan, faxirlanib yurardi
Chin do'stlaring bo'lmasa, yoningda onang turardi
Ovozimda joylashgan, onamning nolalari
Otam tashlab ketti, bor ekan boshqa bolalari
Yuragimda tugilgan, alamlardan kecharman
Vaqti kelib balki manam, sanatimdan kecharman
Kechiringlar do'stlarim, yoningizda bo'lmasam
Bir kunizga yarayman, bu hayotda o'lmasam
Kechiringlar muhlislar, ko'nglingizga tegmasin, bu hayotda erkak zoti
Hotinga bosh egmasin
Bemano hayot, ko'zlarim ochilar
Bemano hayot, atrofimda ovchilar
Bemano hayot, qani sani baxting
Bemano hayot, o'zi bormi naqting
Bemano hayot, atrofimda soxtalar
Bemano hayot, mandan nima oxtarar
Bemano hayot, tugadi yoshligimiz
Bemano hayot, bemano hayot